18:55 / 01.06.2018
7 343

Shahnoza Mirziyoyeva: “Kelajakdagi muvaffaqiyat asosi bolalikda shakllanadi” (video)

Шаҳноза Мирзиёева: "Келажакдаги муваффақият асоси болаликда шаклланади" (видео)
Avval xabar berganimizdek, bugun, 1-iyun kuni, Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab ijtimoiy loyihani — “Qo‘lingda imkon” musiqiy video klipni e’lon qildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi xususida to‘xtaldi:

“Kelajakdagi muvafaqqiyat, omad, o‘zini anglash bolalikdan shakllanadi. Farzandlarimizning bugungi tanlovi ularning va mamlakatimizning kelajagi bilan bog‘liq. Bu yo‘lda ularga yordam berish bizning umumiy vazifamizdir”.

Shuningdek, vazirlik ushbu musiqaviy videoklipni yaratishga o‘z hissasini qo‘shganlarga va Lola Yo‘ldashevaga Maktabgacha ta’lim vazirligining g‘oyasini amalga oshirgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahnoza Mirziyoyeva: “Kelajakdagi muvaffaqiyat asosi bolalikda shakllanadi” (video)