18:30 / 04.06.2018
4 922

Qidiruvdagi 17 yoshli Yosinxon qori topildi

Qidiruvdagi 17 yoshli Yosinxon qori topildi
Foto: «Kun.uz»
Toshkent transport kollejining birinchi kursi o‘quvchisi Yosinxon qori 2018 yil 27 may kuni tong sahar Chilonzor 5-mavzeda yashab turgan uyidan chiqib ketgani holda qaytib kelmagani va qidirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yigitning otasi Abdulbosit qorining «Kun.uz» nashriga qo‘ng‘iroq qilib xushxabar berishicha, farzandi Yosinxon qori bugun topilgan.

«Shu munosabat bilan mazkur savobli ishda hissa qo‘shgan barcha hamyurtlarimizni Yosinxon qorining ota-onasi va o‘zimiz nomimizdan tashakkur bildiramiz. Alloh har bir xayrli ishimizda O‘zi madadkor bo‘lsin!», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi 17 yoshli Yosinxon qori topildi