
UYa 64/75-sonli “qamoqxona”da 20 yilga qamalgan fuqaroni ozod qilishga va’da bergan fuqaro 11 ming AQSh dollari olib, ushbu mablag‘ni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan, deb yozadi Sof.uz nashri.
Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz”ga xabar qilishicha, 2016 yil avgust oyida O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, uy bekasi, 1960 yilda tug‘ilgan, N. Bazarova firibgarlik yo‘li bilan, Bekobod tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, N.Shomatovani ishonchiga kirib, uning O‘zR JKning 242-moddasi, 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan sudlanib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va hozirda Piskent tumanidagi UYa 64/75-sonli JIEMda jazo muddatini o‘tayotgan tog‘asi N.Amirkulovni jazoni ijro etish muassasasidan muddatidan oldin tanishlari orqali chiqarib berishni va’da qilib, 11 000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2018 yil 1 iyun kuni O‘zR JKning 168-moddasi, 1-qismi va 211-moddasi, qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar