Kuni kecha jurnalist Jasur Hamroyev bilan Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad domla bilan ijtimoiy tarmoqlarda jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.
Jasur Hamroyev tarmoq foydalanuvchilaridan kelgan savollarni o‘qib eshittirdi. Jumladan u qo‘shiqchilarning nashida aytishi bo‘yicha quyidagi savolni berdi.
«Ramazon boshlagandan beri bir necha qo‘shiqchilar Islomiy qo‘shiqlar aytishni boshlashdi. San’atkorlarning mana shunda qo‘shiq aytishini qanday izohlaysiz? Bu ularning iymoni uyg‘onib ketganidan darakmi yoki urinib ko‘rish harakatimikan?»
Mubashshir Ahmad domla savolga quyidagicha javob berdi:
“Insonning ichidan nima o‘tayotganini bilmaymiz. Bunga baho berishga haqqimiz yo‘q. Buni iymoni yo‘q yoki iymoni uyg‘onib ketdi deb aytishga haqqimiz yo‘q. Faqat bir narsani aytish mumkin bo‘ladi, o‘zining qalbida bo‘lmagan narsani ko‘rsatish shariatda riyokorlik hisoblanadi. Agar haqiqatda qalbida iymoni jo‘sh urib, shunaqangi nashid aytishlarni xohlab, bundan keyin bemaza qo‘shiqlar aytmayman, faqat endi shu yo‘nalishda davom etaman desa bu tahsinga loyiq. Buni biz olqishlaymiz.
Lekin nashid aytish bilan o‘z obro‘sini ko‘tarishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa ko‘rib turganingizdek ijtimoiy tarmoqlarda buni barcha qoralayapti”, deb aytib o‘tdi Mubashshir domla.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?