
Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»
Kecha, 8 iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida 4—5 ta avtomobilni sel oqizib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Noxush hodisa «Toshkent—O‘sh» yo‘lining 225-kilometrida, 8 iyun kuni soat 21:05 da sodir bo‘lgan. Dovonda avtomobillar harakati 22:15 dan boshlab to‘xtatilgan va bugun, 9 iyun soat 8:00 dan harakat qayta tiklangan.
«Sel 4—5 ta mashinani oqizib ketdi. Ikkita avtomobil 10—15 metr qiyalikka oqib ketgan. Ikki kishi yengil tan jarohati olgan», — deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing