Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo‘lib, binolarni qurish va ta’mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Davlat rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu yerga yana kelib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari o‘rnatilgan.
«Bu yo‘nalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur yangi klinikani respublikaning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang‘ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?