
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash:
talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda;
bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlarida shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida;
talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda;
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha bir vazirlik doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha turli vazirliklar doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirilayotganda talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik qarori asosida;
qayta tiklashda talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;
bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik va turli vazirliklar tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga amalga oshirilganda Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi.
Manba: Mulohaza.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar