12 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi S.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 9 iyun kuni noma’lum ayol uning uyiga kelib, o‘zini bank xodimi deb tanishtirgani va 30 foizlik chegirma bilan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berishligini aytib, undan 1.400 AQSh dollarini aldab olganini bildirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘sha ayol pullarning o‘rniga 8 dona qalbaki 200 yevro kupyurasi solingan konvertni berib, bir necha kundan keyin pullarni bank orqali milliy so‘mga almashtirib berishligini aytib, voqea joyidan ketganligini ma’lum qilgan.
«Hurmatli fuqarolar, o‘z xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali milliy valyutaga almashtiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana shunday shaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almashtirib berishni aytsa bilingki, ular firibgardir. Darhol ichki ishlar organining hududiy bo‘limlari yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar bering», - deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi