00:09 / 22.06.2018
3 925

“Matbuotga emas, yuragimga ishonib O‘zbekistonga borishga qaror qilganimdan xursandman” (foto)

“Matbuotga emas, yuragimga ishonib O‘zbekistonga borishga qaror qilganimdan xursandman” (foto)
O‘zining diplom ishida “Men dunyo fuqarosiman” degan mavzuda hujjatli film tasvirga olgan amerikalik yosh mutaxassis Stefan Braun O‘zbekistonga sayohat qilgan. Uning taassurotlari haqida “Bi-bi-si” bergan xabarga tayanib "Xalq so‘zi" nashri ma’lum qilmoqda.

U 23 yoshda, hozir AQShdagi shirkatda reklama sohasida faoliyat yuritmoqda. Stefan jahondagi 20 dan ortiq mamlakatga sayohat qilgan.

Stefan Braun o‘zining ijodiy ishida dunyodagi irqchilik muammosi, global do‘stlik, sabr-toqatlilikning ahamiyatini urg‘ulashni istagan. U dunyo bo‘ylab orttirgan do‘stlari ko‘magiga tayanib, hujjatli filmini tasvirga olgan.

Foto: Stefan Braun
“Ushbu tajribalarim meni faqat AQSh fuqarosigina emas, dunyo fuqarosiga aylantirdi”, deydi Stefan.

U xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston haqida salbiy tasavvur mavjudligiga e’tibor qaratgan. Biroq matbuot xabarlariga emas, o‘z yuragiga quloq tutib O‘zbekistonga sayohat qilishga qaror berganidan xursand ekanini yozadi.

Foto: Stefan Braun
“Men matbuotdagi so‘zlarga ishonish o‘rniga yuragimga quloq solib O‘zbekistonga kelishga qaror qilganimdan juda ham xursandman. Men bir umr yodimdan chiqmaydigan xotiralar va do‘stlarga ega bo‘ldim. Meni nafaqat dunyo fuqarosi bo‘lishda davom etishga ilhomlantirganing, balki haqiqiy inson aslida qanday bo‘lishini o‘rgatganing uchun rahmat senga O‘zbekiston”, deb yozadi u.

Foto: Stefan Braun
“Chunki men o‘zbeklarning qanchalar ajoyib insonlar ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim... Mahalliy odamlarning mehmondo‘stligi, har bir insonning do‘stona munosabatidan men o‘zimni dunyoning har qanday joyiga nisbatan o‘z uyimdagidek his qildim. Har kuni tabassum, har kuni yangi bir do‘st, har kuni men har qanday muammoni esdan chiqargan holda uyqudan uyg‘ondim”, deydi Stefan.

Foto: Stefan Braun
“O‘zbekistonga sayohatim meni nafaqat global fuqarolikka, balki insoniylik nimani anglatishiga o‘rgatdi”, deya xulosa qilgan Stefan Braun.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)