O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi tuzilgan bo‘lib, u yerda yurisprudensiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun 6 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
Kurslarni tugatgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Qabul qilingan hujjatda diplom sohiblari qayta tayyorlashdan o‘tishga haqli bo‘ladigan 47 ta oliy ta’lim yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ro‘yxat belgilandi.
Tinglovchilar tanlov va kirish imtihoni natijalariga qarab qabul qilinadi.
Kirish imtihoni suhbat shaklida o‘tkaziladi, uni TDYuU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi o‘tkazadi. Suhbatda talabgorlar nima sababdan yurist kasbini tanlaganlarini asoslab beradilar, huquq sohasidagi tayanch bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyatiga egaliklarini namoyish etadilar. 100 ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi. 55 balldan kam ball to‘plagan talabgorlar o‘qishga qabul qilinmaydi.
Qayta tayyorlash kurslariga kirish uchun ariza bilan birga quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi: pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat; oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma); 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.
Hujjatlar kirish imtihoni (suhbat) o‘tkazilishidan 1 oy oldin qabul qilinadi.
Qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng 15 ish kuni ichida kontrakt to‘lovi summasi o‘tkazilishi shart.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi