3 410
Shavkat Mirziyoyev: “Olmazorliklar, 50 kishi bilan to‘y qilishni siz boshlab bering, butun Toshkentga namuna bo‘ling” (video)
Olmazor tumanida 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana bir bor to‘y-marosimlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Prezidentning bu chiqishi “O‘zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida namoyish etildi.
To‘yga o‘zi kim javob beradi? Deylik, bizga noma’qul to‘y bo‘ldi. Buning uchun kimga jazo berish kerak? Ana shu jazolanadigan odamni topib, qarorni qabul qilamiz.
Og‘ir sharoitdagi, oyligi yo‘q, ishi yo‘q, bolasi ko‘chada, shifoxonaga borishga, dori olishga puli yo‘qning ko‘ziga 20 ta mashina bilan to‘y qilgan odam qanday ko‘rinadi? Yoqarmikin? Men o‘ylaymanki, yoqmaydi. Adolatsiz. Manman degan odamga bitta savol: zo‘r to‘y qilgan odam shuni maoshiga qila oladimi? Eng oddiy odamimiz ham salgina o‘zini tiklab olsin. Uni g‘azabini keltirmaylik. Buniyam bir tartibga keltirmasak bo‘lmaydi.
Farzandlarimiz kamolini ko‘rsak, sog‘-salomat bo‘lsa, qanday baxt bu! Katta to‘yni o‘tkazish uchun ketadigan pulni jamg‘arma kassaga o‘tkazib, bolalarimizning qo‘liga berib qo‘yinglar — o‘zlari qilsin. Olmazor tumanidagilar, shuni — 50 kishi bilan to‘y qilishni bir boshlanglar. Bolalar shunday xursand bo‘ladiki — ularning ham ichida o‘ziga yarasha dardi bor.
Olmazor to‘y va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha shaharda namunaviy tuman bo‘lsa va Senat qaror qabul qilayotganida: “Mana to‘y qanaqa bo‘ladi!”, deb ekranda ko‘rsatadi. Mahalla raisi o‘zi chiqib, ham tabrik, ham duoni qiladi. Artist keladi, oshi bo‘ladi, chiroyli o‘tib, bolalar rozi bo‘ladi. Xavf-xatar bo‘lmaydi u yerda. 505 ta mahallada bittadan namunaviy to‘y bo‘ladi. Tamom.
Taqdirimizni hal qiladigan yakka-yu yagona jamoat tashkiloti bu — mahalla. Umrimiz mahalla bilan bog‘liq. Hammamiz to‘g‘rimizda: “Bu odam mahallaga sadoqat bilan xizmat qilgan”, deyishadi. Shoshilib bo‘lmaydigan masala-da bu. Buni yetti marta o‘lchab, bir marta kesmasak, ertaga vaziyatimiz juda... Endi xalqni aldab bo‘lmaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Har kuni xurmo yeyish mumkinmi? Nutritsiolog tavsiyasi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”