
Shu haqda davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Sevara Zuparxo‘jayeva rasman ma’lum qilgan. Uning aytishicha, imtihonlar bo‘lib o‘tayotgan hududda abituriyentning yonidan shpargalka yoki qo‘l telefoni borligi aniqlansa, u kirish eshigi yonidanoq ortga qaytariladi.
Bu abituriyentlar test imtihonlariga kiritilmaydi. Kirish imtihoni topshirishga kelgan abituriyentning yonida faqat pasport hamda imtihon varaqasigina bo‘lishi lozim. Tartib abituriyent ichkariga taqiqlangan buyumlar olib kirmasligi uchun joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil test imtihonlari bir kun emas, aksincha, 1-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: 7news.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar