
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi PQ–3823 sonli qaror qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab, ilovaga muvofiq tarzda suv resruslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida 2018 yilning 1 oktyabriga qadar suv resurslar foydalanuvchilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha choralar kompleksini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar