23:20 / 17.07.2018
7 711

Andijonlik ayol ishqiy munosabatdan foydalanib "jazman"idan 25000 AQSh dollari talab qildi

Андижонлик аёл ишқий муносабатдан фойдаланиб "жазман"идан 25000 АҚШ доллари талаб қилди
2018 yil may oyida fuqaro Z.N. A.O ismli ayol bilan tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘tkinchi muhabbat»dan A.O. ustamonlik bilan foydalanmoqchi bo‘ldi va Z.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘rtalaridagi ishqiy munosabatni videotasmaga yozib olganini, agarda 25.000 AQSh dollari bermasa, ushbu videotasmani internet tarmog‘iga joylab yuborishini aytib, qo‘rqitadi.

Z.N.ning arizaga asosan viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.O. ismli ayol fuqaro Z.N. ni boshqa bezovta qilmaslik evaziga, kimyoviy ishlov berilgan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozir ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik ayol ishqiy munosabatdan foydalanib "jazman"idan 25000 AQSh dollari talab qildi