Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi.
«Miratec kompaniyasi Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish bo‘yicha loyihani taqdim etdi, uning doirasida yangi avtobozorni zamonaviy standartlar va mezonlarga muvofiq yangi maydonchada tashkil etish taklifi berildi», - deya xabar qilishgan poytaxt hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashidan.
Ushbu loyiha bo‘yicha asosiy investor - Miratec kompaniyasi. Uning direktori Dilshodxon Mansurxonovning so‘zlariga ko‘ra, loyihani koreyalik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda, bu Jahongir Ortiqxo‘jayevda qiziqish uyg‘otgan. Investor yaqin kelajakda moliyaviy hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etishi kerak.
Avvalroq, «Sergeli» avtomobil bozorini Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirish rejalashtirilayotgani xabar berilgandi. Toshkent hokimi boshqa yirik bozorlarni ham shahardan tashqariga ko‘chirish va ularni biznes bilan birga boshqarishni taklif qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi