Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)

Bugun, 26 iyul kuni, soat 14:35 larda Toshkent shahar IIBBning navbatchilik qismiga yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Beltepa – Aeroport yo‘nalishidagi 11 raqamli avtobus daraxtga kelib urilgan, zarba kuchidan daraxt avtobus ustiga ag‘darilgan deb yozadi Darakchi nashri.

Daraxtning bir qismi «Kobalt» rusumli avtomobil ustiga kelib tushgan. O‘sha paytda mashina salonida hech kim bo‘lmagan.
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urildi, jarohatlanganlar bor (foto)
25 yoshli avtobus haydovchisining so‘zlariga qaraganda, YTH sodir bo‘lgan paytda avtobus salonida 25-30 yo‘lovchi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohat olgan va kasalxonaga yetkazilgan.

YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar