20:46 / 27.07.2018
7 176

Vazir yangi o‘quv yilining boshlanishi va maktab formasi haqida gapirdi (video)

Vazir yangi o‘quv yilining boshlanishi va maktab formasi haqida gapirdi (video)
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda va aholi o‘rtasida yangi o‘quv yilining muddatidan avvalroq boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot dasturi muxbiri Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bir nechta savol bilan murojaat qildi.

Suhbat davomida Sherzod Shermatov ko‘pchilik ota-onalarda o‘rtasida tug‘ilgan savolga aniqlik kiritdi.

“Maktab vaqtliroq boshlanadi degan mish-mishlar o‘rinsiz. Avval qaysi vaqtda boshlangan bo‘lsa o‘zgarishsiz qoladi. Maktab formasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, forma masalasi avvalroq, ya’ni biz kelmasimizdan oldin boshlangan. Maktab formasi ikkita maktabda sinov tariqasida turli xil variantlari o‘rganib, muhokama qilingan. Hozirda bu bo‘yicha loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Yaqin kunlarda natijasi chiqishi kerak”, – dedi vazir.
Shuningdek, Halq ta’limi vaziri o‘qituvchilar mavqeini oshirish va ta’lim tizimini isloh qilish borasida qilinayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu suhbatning videolavhasini quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir yangi o‘quv yilining boshlanishi va maktab formasi haqida gapirdi (video)