22:02 / 27.07.2018
6 023

Prokuratura tergovchisi 47,3 ming dollar pora olgani uchun qamoqqa olindi

Prokuratura tergovchisi 47,3 ming dollar pora olgani uchun qamoqqa olindi
Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta’sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47.300 AQSh dollari pora olgan. Holat yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan unga JKning 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.ga JKning yuqoridagi moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura tergovchisi 47,3 ming dollar pora olgani uchun qamoqqa olindi