Xizmat vazifasiga loqaydlik va sustkashlik bilan munosabatda bo‘lib, xizmatni samarali tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi, qo‘l ostidagi xodimlar faoliyatini talab darajasida nazorat qilmagani oqibatida shaxsiy tarkib o‘rtasida tartib-intizom susayib ketishiga sababchi bo‘lganligi uchun IIV tizimida faoliyat yuritib kelgan bir necha nafar rahbarlar vazifasidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vazirining qo‘shma farmoyishiga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tarqatgan xabarga ko‘ra, Qarshi tumani IIB boshlig‘i J.Rajabov, Muborak tumani IIB boshlig‘i S.Sharipov lavozimidan bo‘shatilgan.
Shuningdek, Koson va Qarshi tumanlari IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari N.Qarshiyev va A.Aminov, Shahrisabz, G‘uzor va Dexqonobod tumanlari IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari Q.Toshmurodov, A.Aliyev va N.Bozarov, Muborak va Chiroqchi tumanlari IIB boshliqlarining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosarlari T.Baxromov va J.Murodov, viloyat IIB YHXB boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Mirshatov hamda Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i X.Rizakulov ishdan bo‘shatildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi