date
views 4 999

MXXning tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

MXXning tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi
Shu yilning 6 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq tergov boshqarmasi boshlig‘i Oleg Busiginga nisbatan qidiruv e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan ma’lum qilishgan.

Busigin «Turkiston» aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadori Rustam Husniddinovdan 300 ming AQSh dollari olganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, u xorijiy investorlardan pul tama qilgan.

Qayd etilishicha, MXXning sobiq bosh tergovchisiga nisbatan tovalamachilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yilda Oleg Busigin «mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi, huquq-tartibotni mustahkamlash va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Oleg Busigin ayni paytda Rossiya Federatsiyasi hududida yashirinib yuribdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXXning tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi