Yaqinda poytaxtimiz huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari do‘konlarning biridan katta pul solingan barsetkani o‘g‘irlab qochgan ayolni qo‘lga olishdi.
Bunga qadar militsiyaga 39 yoshli Bobur V. murojaat qilib, katta pul solingan barsetkasini do‘kondan kimdir o‘g‘irlab qochganini bayon qilgan edi. Jabrlanuvchining gapiga qaraganda, u do‘konning poyafzal bo‘limiga kirib, barsetkasini yumaloq stolchalarning biriga qo‘ygan-u, o‘ziga poyafzal tanlay boshlagan. Poyafzalni tanlab bo‘lib ortga o‘girilganda, barsetka qo‘yilgan joyida yo‘q bo‘lgan. Barsetkada esa 930 ming so‘m, 2700 AQSh dollari miqdorida pul bo‘lgan. Surishtiruvlar va do‘kondagi kuzatuv kamerasi yordamida o‘g‘ri topib qo‘lga olindi. U andijonlik 51 yoshli Nargis Z. bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha ro‘yxatda turgan.
Barsetka ichidagi pullari bilan egasiga qaytarildi. Xayriyatki, ayol bu pullarni ishlatishga ulgurmagan ekan.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba: podrobno. uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi