Soxta abituriyent: “Nazorat kuchli bo‘lishiga qaramay, 7 ta tekshiruvdan o‘ta oldim” (video)

Jamiyat1 daqiqa o'qish6.1K
Soxta abituriyent: “Nazorat kuchli bo‘lishiga qaramay, 7 ta tekshiruvdan o‘ta oldim” (video)
Imtihonlarning birinchi kunidanoq, “uddaburon” abituriyentlarning ayrim xatti-harakatlari huquq-tartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortdi.

179 nafar abituriyent test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududga telefon va shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari esa bino ichida shpargalkadan foydalangani tufayli test sinovlaridan chetlashtirildi. Xullas, bir kunda 255 nafar yigit-qiz o‘zlarining qing‘ir ishlari oqibatida shu yil talaba bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi.

Abituriyentlarning imtihon jarayonida foydalanmoqchi bo‘lgan qurilmalari bu yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” ekanligini yana bir bor yodimizga solib qo‘ydi. Zamonaviy quloqchinlardan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv o‘tkazish mobaynida pasport soxtalashtirgan shaxslar ham aniqlangan. 24 yoshli J.F. bir emas, 3 ta oliygohga qalbaki hujjat topshirib, pul ishlab olishni niyat qilgandi.

“Asl pasport egasining yuziga moslab, dazmoldan foydalangan holda o‘z suratimni joylashtirdim. Bu hujjatlar imtihonga qadar tayyorlab qo‘yilgandi. Nazorat kuchli bo‘lishiga qaramay, yettita tekshiruvdan o‘ta oldim. Har tomonni o‘ylash zarur edi. Mabodo qo‘lga tushib qolsam menga tegishli bo‘lgan buyumlar musodara bo‘lib ketmasligi uchun, hammasini bozorga olib chiqib, sotib yubordim”, deydi noqonuniy xatti-harakatlar bilan qo‘lga tushgan soxta abituriyent.

Ma’lumot uchun, soxta abituriyent avval ham firibgarlik qilgani uchun 2 marotaba sudlangan.

U 15 million evaziga fuqaro U.U.ni o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergandi. Soxta abituriyent S.F. va uning sheriklariga Jinoyat kodeksining 228 moddasi 2 qism “b” bandi va 3 qismi, 211 moddasining 1 qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.​
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?