5 139
O‘zbekiston va Tojikiston chegara bozorlarida nimalar bilan savdo qilishmoqda? (video)
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangan ilk kunlardan ikki mamlakatning epchil tadbirkorlari bozorni o‘rganib, bir yo‘la eng xaridorgir tovarlarni aniqlashga kirishishdi, deb yozishmoqda "Salom, qo‘shnilar!" loyihasi mualliflari.
Shunday qilib, TOP-5 ro‘yxatiga shirinliklar, maishiy texnika, alyuminiy idishlar va o‘yinchoqlar kiritilgan.
"O‘zbekistonda bizning manti qasqonlarimiz, kastryullarimiz va tog‘oralarimizga talab katta. Bu yerdan biz televizor va muzlatgichlar olib boramiz. Ularning o‘zida yo‘qmi, deb o‘ylashingiz mumkin. Bor, albatta, biroq u yerda bularning bari qimmatroq. Hatto Xitoyda ishlab chiqarilgan televizor ham O‘zbekistonda bir necha yuz somoniyga qimmatroq", - deydi tojikistonlik ishbilarmon Fotima Qurbonova.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik savdogarlar tojiklardan, masalan, 128 AQSh dollariga televizor sotib olib, uni o‘zlarida 22 dollarga qimmatroqqa sotishadi. Tovar juda xaridorgir, chunki O‘zbekistondagi do‘konlarda xuddi shunday televizor 160 dollarga sotiladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kuniga 250 nafardan ziyod tojik va o‘zbek savdogarlari kesib o‘tishadi. Chegarani kesib o‘tishga deyarli 1,5 soat ketadi. Ishbilarmonlar bunday savdo-sotiqlarda kuniga 150 somoniydan (120 ming so‘mdan) ortiq pul ishlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi