
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi saytida e’lon qilingan ma’lumotga qaraganda respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 1 avgust kungi natijalari quyidagicha:
Test sinovlari 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etdi.
O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 142,9;
to‘lov-kontrakt – 123,7 ni tashkil qildi.
Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:
davlat granti bo‘yicha – 223,5 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (rus) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.
to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 176,7 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.
Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar