Toshkent shahar IIBB avtomobillar davlat raqam belgilarining noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlanayotgani haqida xabar bergandi. Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Chust va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalarida to‘xtab turgan avtomobillardan davlat raqamlari belgilarini yechib olgan huquqbuzar bog‘lanish uchun Telegram-kanal nomini yozib qoldirgan, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida huquqbuzarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Bu 17 yoshli T.Yan bo‘lib chiqdi. Uning uyidan jabrlanuvchilardan biriga tegishli bo‘lgan avtomobilning davlat raqami belgisi va huquqbuzar foydalangan uyali telefon apparati topildi.
Gumondorning qonuniy vakili guvohligida o‘tkazilgan tergov jarayonida T.Yan o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Ayni paytda ushbu shaxsning shunga o‘xshash boshqa jinoiy holatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda. Shuningdek, surishtiruv davomida ushbu o‘smirning jinoyatga nega qo‘l urgani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?