O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarning mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishini rag‘batlantirmoqda, Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining shu haqidagi qarorini imzoladi. Bosh vazirning o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook sahifasida shu haqida ma’lum qildi.
Oilaviy mehmon uyi – bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha bo‘lgan mehmon (sayyoh)ni vaqtinchalik yashash va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy uy xo‘jaligi, bunda uy egalari ushbu uyda sayyohlar bilan birga yashashi ko‘zda tutiladi. Bir kishi uchun 3 m kv hisobidagi turar-joy – oilaviy mehmon uyini tashkillashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Qarorda bu joylashuv vositalariga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari individual tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Yagona reyestrning yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy mehmon uylarining xizmatlarini sertifikatsiyalash uchun soddalashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu mehmon uyini o‘rganish hujjati asosida ularni Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiritish va tegishli ma’lumotnomani berish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiruvchi individual tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari arizasiga ko‘ra ularga imtiyozli sharoitlarda kreditlar ajratish tavsiya qilinadi. Kredit eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorida, besh yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrga beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin