
"Aloqabank" kredit rasmiylashtirishni yanada soddalashtirdi, endilikda kredit olish uchun pasport va daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kifoya bo‘ladi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.
Xususan, iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirilgan.
2018 yil 1 avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:
kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil) ning pasport nusxasi;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, STIR va jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami ko‘rsatilishi lozim);
kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar