4 117
Litseyga «kiritish» uchun 2 000 dollar olmoqchi bo‘lgan direktor va uning o‘rinbosari qo‘lga tushdi
Oliy ta’lim muassasalaridan biri qoshidagi Akademik litsey direktori — 36 yoshli Y.Alisher va uning o‘rinbosari — 49 yoshli M.Alisher 2 000 AQSh dollari evaziga ushbu ta’lim dargohiga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da bergani haqida huquq-tartibot organlariga ma’lumot kelib tushadi.
Shunga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi va Toshkent shahar IIBB JQB Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilib, gumonlanuvchi shaxslar talab qilingan xorijiy valyutani olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishi olib borilmoqda va gumonlanuvchilarning shu turdagi boshqa jinoiy ishlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra jinoyatning asl sabablari va omillariga aniqlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi