Mo‘jiza: Yonib ketgan “Neksiya”ning yukxonasidagi Qur’on kitobiga ziyon yetmadi

Mo‘jiza: Yonib ketgan “Neksiya”ning yukxonasidagi Qur’on kitobiga ziyon yetmadi
Rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanadiki, Jizzax viloyatidagi Olma-Ota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz avtomagistralining 996- kilometrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi tufayli “Neksiya” avtomobili betonga borib urilgan. Shu zahoti kuchli yong‘in yuzaga kelgan.

Avtomobilda haydovchidan tashqari uning rafiqasi ham bor edi. Ikkovlari ham halok bo‘lishdi. Mashina to‘liq kuyib kul bo‘ldi.

Keyinchalik fojia yuz bergan joyga yetib kelgan “Yoshlar” telekanali muxbirlarining aytishicha, avtomobil yukxonasida “Qur’oni Karim” hamda yana boshqa buyumlar bo‘lgan. Barcha buyumlar mashina bilan birga yonib ketgan. Ammo “Qur’oni Karim”ga umuman ziyon yetmagan.

Manba: Hordiq.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar