4 729
O'qishga kiritib qo'yish uchun 6000 dollar so'ragan Milliy universitet dotsenti qo'lga olindi
Shu yilning 7 avgust kuni fuqaro G.U. O'zbekiston Respublikasi IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasiga murojaat qilib, unda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida ishlovchi D.X. ismli ayol G.U.ning kuyovini universitet sirtqi bo'limiga o'qishga kiritib qo'yishini aytib, evaziga 6 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni so'raganligini ma`lum qilgan.
Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Demokratik davlat qurilish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlovchi D.X. fuqaro G.U.dan Olmazor tumanida joylashgan “Huvaydo” mebellar do'koni oldida kelishilgan pulning 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida IIV tezkor xodimlari tomonidan qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”