06:30 / 29.08.2018
6 670

Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish 5 sentyabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish 5 sentyabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish 5 sentyabrdan boshlanadi.

Bu haqda matbuot anjumani davomida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Odil Abdurahmonov maʼlum qildi.

Shuningdek, uning taʼkidlashicha, 2018-2019 oʻquv yilida vazirlik yangi zamonaviy taʼlim tizimini joriy etish va amaliy mashgʻulotlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

Tadbir davomida vazir oʻrinbosarining aytishicha, oliy oʻquv yurtlarida oʻqish 5 sentyabrdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida ham yangi oʻquv yili 5 sentyabrdan boshlanadi.

“Maktab oʻqituvchilari uchun ushbu imkoniyatdan toʻliq foydalanish uchun yangi oʻquv yili 5 sentyabrdan boshlanadi”, - deya qayd etib oʻtgan xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Facebookʻdagi oʻz sahifasida.

Xalq taʼlimi vazirining soʻzlariga koʻra, bu maktab yoshidagi farzandlari bor ota-onalar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Ular dam olishlari mumkin va bu oʻz navbatida ichki turizmning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish 5 sentyabrdan boshlanadi