Mamlakatda turizm va temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida respublika hududida mavjud oliygohlardan birining bazasida yangi fakultet ochilishi yoxud oliy taʼlim muassasasi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsion forumda Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi viloyatning Baxmal va Zomin tumanida amalga oshirilishi kutilayotgan turizm klaster loyihasi bilan tanishib chiqib, tegishli memorandumni imzolagan. Unga koʻra, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilash nazarda tutiladi. Shuningdek, muhandislar va kadrlar boshqaruvi sohasida yangi xodimlarni yetkazib beruvchi zamonaviy oliygohni ochish masalasi ham ijobiy hal etilgan.
Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Ulugʻbek Egamovning aytishicha, hokimiyat vakillari Xitoyning Tyanszin shahri vakillari bilan aloqa oʻrnatib, shahardagi Gaoshen oliygohining filialini Jizzaxda tashkil etish boʻyicha muzokaralarni olib borishmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan chiquvchi va kirib keluvchi poyezdlarga xizmat koʻrsatish xizmatiga ega logistika markazlari ham qurilishi rejalashtirilmoqda.
Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi esa past qavatli, bir relsga ega shahar ichida harakatlanuvchi transportni yetkazib berish boʻyicha memorandumni imzolagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi