Jamshid Kenjayevning rafiqasi: “u mehribon ota va gʻamxoʻr turmush oʻrtoq edi” (video)

Jamshid Kenjayevning rafiqasi: “u mehribon ota va gʻamxoʻr turmush oʻrtoq edi” (video)
Jamshid Kenjayevning rafiqasi Nasiba (Olesya) turmush oʻrtogʻi, u bilan oʻtkazgan hayoti, uning fazilatlari haqida gapirib berdi. Video YouTubeʻga joylangan.

Nasiba Jamshid bilan umumiy tanishlarining tugʻilgan kunida birinchi marta uchrashgan va doʻstlashib qolgan.

Ularning farzandi — Oysha hozir 6 oylik.

Nasibaning aytishicha, u ota-onasisiz, yetim oʻsgan. Jamshid esa uning yetim boshini silab, hech qachon xafa qilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgustga oʻtar kechasi Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klubida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qoʻriqchilari oʻrtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jamshid Kenjayev olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar