Istanbulda

1 daqiqa o'qish290
Istanbulda

Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zbekistonlik oila a’zolari — er, rafiqasi va 2 oylik chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi. Fojia haqida mahalliy manbalar, jumladan Hürriyet nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 11 iyun kuni Chekmeko‘y tumani hududidan o‘tuvchi Shimoliy Marmara avtomagistralida tonggi soat 06:00 atrofida sodir bo‘lgan. Sabiha Gyokchen aeroportidan qaytib kelayotgan Sodiq Gunden (29 yosh) boshqaruvidagi yengil avtomobil bir yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasining orqa qismiga qattiq urib ketgan.

Natijada yengil mashina yuk avtomobilining ostiga qisilib qolgan. Haydovchi Sodiq Gunden, uning rafiqasi — 31 yoshli o‘zbekistonlik Aziza Hatamova Gunden hamda ularning 2 oylik o‘g‘li Timurxon Gunden og‘ir ahvolda mashina ichida qolib ketgan.

Qutqaruv xizmatlari tezda yetib kelib, jabrlanganlarni avtomobildan chiqarib olgan bo‘lsa-da, afsuski, ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oila Sanctaktepe tumanida yashab kelgan va ularning 3 yoshli yana bir farzandi ham bor ekan. Fojia sodir bo‘lgan paytda u ota-onasi bilan birga emas edi.

Shuningdek, chaqaloq Timurxon yaqinda sunnat qilingan bo‘lib, oilada bayramona to‘y marosimi o‘tkazish rejalashtirilgani ham aytilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?