4 250
Notarius yarim soatda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlaydi
Hukumat qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni olish notarius tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon quyidagi boschiqlarda amalga oshiriladi:
Dastlab jismoniy yoki yuridik shaxs koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash haqida davlat notarial idoralariga murojaat qiladi.
Bunda koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi bosqichda notarius bino va inshoot joylashgan hududdagi yer tuzish va kadastr organiga kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni soʻrab soʻrovnoma yuboradi.
Soʻngra ushbu soʻrovnomaga asosan yer tuzish va kadastr organi bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Hujjatlar toʻliq taqdim etilgach, 30 daqiqa ichida koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi notarial tasdiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?