4 594
Mercedes-Benz haydovchisi piyodalar yoʻlakchasida bola koʻtargan ayolni urib ketdi (video)
Joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 13:40 da Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida YTH sodir boʻlgan, deb xabar qiladi Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi matbuot xizmati.
Markaziy koʻchadagi avtomabillardan biri piyodalar uchun moʻljallangan yoʻlakchaga oʻtib ketishi oqibatida qoʻlida yosh bolasini koʻtarib olgan ayolga yengil tan jarohati yetkazgan. Ular hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazida shifokorlar nazoratida, ahvoli yaxshi.
Onaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ensa sohasini yumshoq tolalarini ezilishi, bolaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qoʻyilgan. YTHni sodir etgan 01/Q014 NA raqamli Mercedes-Benz haydovchisiga nisbatan chora koʻrilgan. Avtomabil jarima maydonchasiga olib borilgan.
Oʻsha kuni ayol yana bir farzandini 241-sonli Umumtaʼlim maktabidan olib kelayotgan boʻlgan. Maktab yoshidagi farzandiga zarar yetmagan, u sogʻ-salomat.
Ushbu voqeaning qanday sodir boʻlgani haqidagi videolavhani quyidagi HAVOLA orqali koʻrishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat