21:28 / 26.09.2018
4 180

Poytaxtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi

Poytaxtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi
Poytaxt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

Normaʻning yozishicha, biror-bir tashkilotning balansida hisobda turmagan koʻchalarni yoritish obyektlari roʻyxati tuzildi. Shahar boʻyicha 7 147 ta yoritish uskunasi va 289,5 km tarmoq shundaylar sirasidan ekanligi maʼlum boʻldi.

Egasiz obyektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanishi hamda ulardan lozim darajada foydalanilishini va saqlanishini taʼminlaydigan “Toshshaharnur” DUK balansiga oʻtkazilishi taklif etilmoqda. Ishlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln soʻm.

Bundan tashqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik tashqi yoritish havo elektr liniyalarini oʻzini tutib turuvchi izolyatsiyalangan simlarga almashtirish taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln soʻmni tashkil qiladi (moʻljaldagi buyurtmachi – “Toshshaharnur” DUK).

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi