Xiva shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaliklari masalalari boʻyicha oʻrinbosari O.Sh. pora olayotganida ushlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.
O.Sh. fuqaro A.Z.ga qishloq xoʻjalik maxsulotlarini quritish, qayta ishlash sexi va omborxonasi qurilishi uchun 1 000 kv.m. yer uchastkasi ajratilishida yordam bergani uchun 2 000 AQSH dollari miqdorida pora talab qilayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat asosida, 2018 yil 6 oktyabr kuni viloyat IIB JQB Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva shahri boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2 000 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva shahar hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan O.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning oʻzi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ayni paytda, 2017 yil yanvar oyida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida, pora olish, pora berish yoki pora olish berishda vositachilik qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrish borasida maqsadli chora-tadbirlar davom etmoqda, deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi