
11 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqida xabar bergan edik.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida YTH sabablari va voqea joyidan kadrlar olib koʻrsatildi.
Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Furqat koʻchasida joylashgan “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi oldida katta tezlikda haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetidagi daraxtga urilgan. Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yoʻlovchisi N.M. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.
Ushbu voqea aks etgan lavhani quyidagi video orqali koʻrishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar