«UzNews.uz» manbaasining xabar qilishicha, Toshkent shahar DXX boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tadbir tashkil etishdi. "Aura" kafesida o‘tkazilgan tadbir natijasida Akmal Askarov tomonidan 12 ming AQSh dollarini sotishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
A.Askarov, Sergeli tumanidagi «Ipotekabank» filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan, 12 ming AQSh dollarini 99.600.000 so‘mga sotayotgan bo‘lgan.
A.Askarovni tekshirish jarayonida uning yonidan 12.601 AQSh dollari aniqlangan.
Shu kunning o‘zida «Osiyo Grand» tantanalar saroyi avtoturargohida 19 ming AQSh dollarini sotishga urinish holati ham aniqlangan.
«Trastbank» filiali rahbari lavozimida ishlagan Rustam Mirkarimov, «Trastbank» bosh ofisi xodimi Jamshid Ismailov va fuqaro Nuriddin Burxonovlar 19 ming dollarni 160 million so‘mga almashtirish jarayonida qo‘lga olingan.
Tadbir yakunida, ushbu fuqarolardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 19.000 AQSh dollari, J.Ismailovning o‘zidan 1.008 AQSh dollari va 85.208.000 so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?