13:32 / 19.10.2018
3 604

Terrorizmga qarshi kurash maqsadida internetni monitoring qilish mavzusi muhokama qilindi

Terrorizmga qarshi kurash maqsadida internetni monitoring qilish mavzusi muhokama qilindi
18 oktyabr kuni Bishkekda ShHTga a’zo mamlakatlarning maxsus xizmatlari vakillari terrorchilik harakatlarini oldini olish uchun internetni monitoring qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Ushbu masala Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi Kengashining navbatdagi 33-majlisida muhokama qilindi.

Kengash majlisida Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston davlatlari maxsus xizmatlari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Majlis ishtirokchilari “global axborot makonida terrorchilik, ayirmachilik va ekstremistik tusdagi tahdidlarni nazorat qilish” muammolari, shuningdek, internetdan terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizm maqsadlarida foydalanishni aniqlashtirish, oldini olish va bu haqda ogohlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun mutaxassislar ishchi guruhining hamkorlikda ishlashi rejasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, majlisda ekstremistik maqsadlarda foylanilayotgan, taqiqlangan internet resurslarini chetlab o‘tish vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha ShHT mas’ul organlari hamkorligi mavzusi ham alohida muhokama qilindi.

Bundan tashqari, muhokamada majlis ishtirokchilari tomonidan terrorchilik harakatlaridan o‘ta ahamiyatga molik bo‘lgan ob’ektlar va aholi to‘planadigan joylar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, terrorchilik tahdidlariga tezkor javob qaytarish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashida ekstremistik ruhdagi turli diniy oqimlardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi qo‘shma chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot tinglandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Terrorizmga qarshi kurash maqsadida internetni monitoring qilish mavzusi muhokama qilindi