21 oktyabr, yakshanba kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Sergeli tumani IIBga mashina bozorida to‘pponcha ushlagan shaxs yurgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz xabar qildi.
Voqea joyiga yetib kelgan IIBB va Milliy gvardiya xodimlari Yunusobodda yashovchi 39 yoshli N.A.ni qo‘lga oldi. Undan Makarov pnevmatik to‘pponchasi va kukri pichog‘i olib qo‘yildi.
VIDEO
Sergeli IIBga keltirilgan N.A. bozorga qarindoshiga tegishli «Matiz» va «Epica» avtomobillarini sotish uchun kelganini aytgan. U faqat havoga o‘q uzgani va hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagani aniqlandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Qo‘lga olingan erkakning shaxsi aniqlanganda u ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turishi oydinlashdi. U darhol davolash muassasasiga joylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi