3 514
Serbiyadan Rossiyaga meva eksporti hajmi kamayib ketdi. Bunga O‘zbekistonning ta’siri qanday?
Serbiyadan 2018 yilda Rossiya Federatsiyasiga meva yetkazib berish hajmi keskin kamayib ketdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri ma’lum qildi. Xususan, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Serbiyadan Rossiyaga olma eksporti 113 ming tonnadan 71 ming tonnaga, shaftoli va nektarin 34,6 ming tonnadan 20,6 ming tonnaga, gilos 8 ming tonnadan 4,7 ming tonnaga, olcha 3,1 ming tonnadan 2,3 ming tonnaga, sarxil o‘rik 3,1 ming tonnadan 0,4 ming tonnaga, qulupnay 10,4 ming tonnadan 9,1 ming tonnaga qisqarib ketgan.
Shunday qilib, Serbiyaning bu boradagi daromadi ham 17 foiz pasayib, 159 mln. dollargacha tushib ketdi. Vaholanki, sohadagi yetakchilar Ekvador, Turkiya, Xitoy, Misr meva yetkazib berish hajmlarini oshirgan.
Jumladan, Xitoy yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51 foiz ko‘p meva jo‘natib, 257 mln. dollar ishlab olgan.
Serbiyadan meva import qilish hajmining kamayishi ushbu davlat orqali YeI mamlakatlaridan meva-sabzavot mahsulotlarini reeksport qilish ustidan nazoratni kuchaytirilgani bilan bog‘liq.
Bu boradagi yana bir omil Rossiya bozorlariga Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Xitoydan meva-sabzavot yetkazib beruvchilar tomonidan raqobatning kuchayganidir. Masalan, Turkiya ko‘rsatib o‘tilgan muddatda Rossiyaga meva eksportini 38 foiz, Eron 2,1 barobar, Ozarbayjon (Eron mahsulotlarini reeksport qilish hisobiga) 57 foiz, O‘zbekiston 39 foizga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi