O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga qarshi ishi to‘xtatildi. Bundan Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari rasmiy portalidagi ma’lumotlar darak bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ish masala bo‘yicha da’vogar va javob beruvchi o‘rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li - Pyotr - Moskva shahrining Tver sudiga ish beruvchidan o‘ziga belgilangan pul mablag‘larini undirib berishni so‘rab murojaat qilgandi.
Pyotr Karimov «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida bir necha yil davomida yuqori lavozimda ishlagan, biroq otasining o‘limidan biroz vaqt o‘tgach, o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Bunday holatlarda berilishi mo‘ljallangan pul mablag‘lari unga to‘lanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi