3 853
O‘zbekistonda non ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin
O‘zbekistonda qolipli nonni ijtimoiy ahamiyatga molik strategik tovarlar hamda xizmat turlari ro‘yxatidan chiqarish taklif etilmoqda. Ushbu taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan Muhokama portaliga kiritilgan.
Agar qonun loyihasi tasdiqlansa, davlat qolipli non va non mahsulotlari narxini nazorat qilish huquqini yo‘qotadi.
Hozirda qolipli nonning qiymati 1050 so‘mni tashkil etadi. Ushbu narx sentyabr oyi o‘rtalarida o‘rnatilgandi. Undan oldin qolipli nonning narxi 650 so‘m edi.
Joriy yilning 15 sentyabridan qolipli nonning narxi salkam 2 baravarga oshgandi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik strategik tovarlar hamda xizmat turlari ro‘yxatiga aholining talabi yuqori bo‘lgan tovarlar va xizmatlar kiradi. Ayrim tovarlarni ishlab chiqarish uchun davlat monopoliyasi yaratilgan. Mazkur ro‘yxatdagi tovarlar va xizmatlar narxlari hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!