Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida tomonlar konsullik bo‘yicha o‘zaro munosabatlar holatini muhokamadan o‘tkazdi va yakunda tegishli protokol qabul qilindi. Unda Qozog‘iston tomonidan konsullik xizmatlari departamenti boshlig‘i Tauboldi Umbetbayev, O‘zbekiston tomonidan konsullik-huquq departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Fariddin Nasriyev ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan Silk Road(Buyuk ipak yo‘li) vizasini joriy etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida shengen vizasi kabi yagona vizani yaratish g‘oyasi qozog‘istonlik senator Darig‘a Nazarboyeva tomonidan shu yil iyun oyida ilk bor bildirilgan edi. Uning fikricha, bu O‘rta Osiyoga yanada ko‘proq turistlarni jalb etish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi