12:07 / 31.10.2018
8 850

O‘zbekistonda inkassatsiya hizmati monopoliyasiga chek qo‘yiladi

O‘zbekistonda inkassatsiya hizmati monopoliyasiga chek qo‘yiladi
O‘zbekistonda 2019 yildan inkassatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi tashkilotlar paydo bo‘lishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyevning savdoni erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha farmoniga asosan naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali topshirish tartibi bekor qilindi.

Pul tushumlarini bankga topshirish uchun tadbirkorlar endi inkassatsiya hizmatidan foydalanish shart emas. O‘z hoxishiga ko‘ra, tijorat bankiga o‘zlari olib borib topshirsa ham bo‘ladi. Bunda kunlik o‘rtacha naqd pul tushimi eng kam ish xaqining 20 baravaridan ko‘p bo‘lgan korxonalar tushumini xar kuni bankga topshirishi lozim bo‘lsa, pul tushimi kam bo‘lgan korxonalar pulni o‘zlari belgilagan davrda topshirishi mumkin.

"Inkassatsiya xizmatining mutlaq monopoliyasi bekor qilinishi yoki samonos (o‘zi olib kelib topshirish) ga ruxsat berilishi naqd pul qiymatining yanada arzonlashuvi tomon tashlangan muhim qadamlardan biridir. Quvonarlisi, endi butun dunyodagi kabi banklar, savdo tashkilotlari o‘zlarining mustaqil inkassatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi sho‘’balarini tashkil etishi mumkin bo‘ladi", - deya ta’kidlaydi bloger Aleksandr Davletov.

Farmonda bundan tashqari ulgurji savdo uchun litsenziyalashni va maxsus soliqqa tortishni bekor qilish, korporativ kartalardan foydalanishni erkinlashtirish ham kiritilgan. Non va boshqa bir qator tovarlar eksporti bo‘yicha cheklovlar olish tashlanishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda inkassatsiya hizmati monopoliyasiga chek qo‘yiladi