Chilonzor tumanidagi fojiali holatga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyevning bildirishicha, sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, 2018 yil 31 oktyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Akbarov xonadonida qayd etilgan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.
Bugun ertalab Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan edik. Xabarda shuningdek oila a’zolari kechqurun kabob iste’mol qilgani va shundan keyin o‘zini yomon his qilgani ham aytib o‘tilgan edi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan dastlabki xabarda oila a’zolari ovqatdan zaharlanish oqibatida vaft etgan deyilgan edi, lekin keyinroq IIBB ushbu xabarni tasdiqlamagan va "fojea sabablari hozircha noma’lum gaz, suv, havo ham tekshirilmoqda” deb xabar qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi