2020 yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladigan bo‘ldi

Prezidentning «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonga olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni mamlakatga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin:
Shuningdek, sement, asbest, qurilish oynasi, yog‘och va ko‘mir mahsulotlari importi bo‘yicha ham 2020 yil 1 yanvarga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi.
Bojxona imtiyozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining ehtiyojlari uchun asosiy qurilish materiallar, jumladan, sement klinkeri va asbestni import qilganda ham qo‘llaniladi.

- Tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar;
- Qoramol, qo‘y va echki go‘shti;
- Kartoshka, soya loviyasi;
- Kungaboqar, kunjut urug‘i;
- Shakar, guruch.

Izohlar 0
…