Hadis ilmi maktablarida “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori bilan Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari belgilandi:
- Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalarning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash;
- hadisshunoslik maktabi shakllanishi va rivojlanishi, uning ilmiy-ma’naviy asoslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish.
Maktabda o‘qish muddati besh yil bo‘lib, darslar kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi. 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 10ta o‘rin etib belgilangan. Unga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinadi.
Maktab bitiruvchisi ta’limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi mumkin.
Hadis ilmi maktabi prezidentning 2018 yil 16 apreldagi farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi